Sinay yarim orolida halokatga uchragan Airbus A321 avialayneri bortida portlovchi uskuna bo‘lgani haqidagi versiya maxsus xizmatlar tomonidan IShID suhbatlari maxfiy tinglanganidan so‘ng ilgari surildi. Bu haqda Associated Press agentligi yozmoqda.
Ilgariroq AQSh razvedkasining bu boradagi xulosalari CNN telekanali orqali oshkor qilingan edi. O‘z navbatida, Rossiya transport vazirligi samolyotning terrorchilar uchirgan raketadan zararlanib qulagani haqidagi taxminlarni inkor qildi.