00:09 / 05.11.2015
2296

Bahrayn tashqi ishlar vaziri 47 nafar terrorchining hibsga olingani borasida ma'lum qildi

Bahrayn tashqi ishlar vaziri Holid ibn Ahmad al Xalifa o‘tkazilgan maxsus operatsiya davomida “Eron terrorchilik tashkilotlariga aloqadorlikda” gumonlangan 47 nafar terrorchilik guruhi a'zolarining hibsga olinganligi haqida ma'lum qildi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, qo‘lga olingan shaxslar mamlakat hududida terakt uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rishgan. Tashqi ishlar vazirligida ta'kidlanishicha, terakt “yaqin orada sodir etilishi ko‘zda tutilgan”.

Avvalroq mamlakat bosh vaziri xavfsizlik doirasida tashkil etilgan anjumanda arab davlatlari o‘rtasida Eronning xatti-harakatlarini “Iroq va Shom islom davlati” terrorchilik tashkilotining harakatlariga mengazgan edi.

Top