Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 23:19 / 05.11.2015
3631
1 daqiqa o‘qiladi
Bektemirda mashina ichidan 5.5 mln so‘m o‘g‘irlab ketildi
Toshkent shahrining Bektemir tumanida Nexia rusumli avtomashina ichidan qariyb 5.4 mln so‘m o‘g‘irlab ketildi. Bu haqda “Ogoh” nashri yozmoqda.
Aytilishicha, Azizbek ismli yigit kechki payt ko‘chalardan birida qarovsiz qoldirilgan mashina turganini ko‘rib, uning ichiga kirgan va u yerdagi 5.4 mln so‘m pulni o‘g‘irlab, voqea joyini tark etgan.
O‘g‘ri tez orada qo‘lga olindi.