Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Benzema Valbuenaga nisbatan tovlamachilik qilish ishiga aloqadorligini tan olgan
4 noyabr kuni Mate Valbuenaga nisbatan tovlamachilik ishi bo‘yicha Versal politsiyasi tomonidan hibsga olingan Karim Benzema bugun sud savollariga javob beradi.
U o‘tgan tunni qamoqxonada o‘tkazgan.
Tergov jarayonida aniqlanishicha, Benzema Valbuenaga aloqador shunday videolar mavjudligi haqida xabardor bo‘lgan. Bugungi sud jarayonida uning bu jarayondagi roli qanday bo‘lgani aniqlanishi kutilmoqda: u Valbuenaga tovlamachilarning talabini bajarib, muammoni hal qilishni maslahat berish orqali unga yordam bermoqchi bo‘lganmi yoki uning o‘zi ham tovlamachilarning sherigi bo‘lganmi?
Avvalroq to‘rt nafar gumonlanuvchi, jumladan fransiyalik yana bir futbolchi Jibril Sisse Valbuenaga nisbatan tovlamachilik qilganlikda gumonlanib, hibsga olingan edi. Jinoyatchilar "Lion" futbolchisiga uning ishqiy munosabatlari tasvirlangan videoyozuvga ega ekanligi bilan tahdid qilgan edi.
Politsiya Sissega qarshi yetarlicha ishonchli dalillar topilmaganligi sababli uni qo‘yib yuborgandi. Qolgan hibsga olinganlar asosiy gumonlanuvchilar bo‘lib qolmoqda.