14:46 / 05.11.2015
15142

Botir Kudratxodjayev Surxondaryo viloyatiga prokuror etib tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2015 yil 31 oktabridagi buyrug‘i bilan Botir Baxromovich Kudratxodjayev Surxondaryo viloyat prokurori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda “Huquq” gazetasi xabar berdi.

B. Kudratxodjayev 1975 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1997 yilda Toshkent Davlat yuridik institutini tamomlagan. U faoliyatini o‘sha yili Harbiy prokuratura kadrlar bo‘limi ish yurituvchisi vazifasidan boshlab, 2000 yildan Farg‘ona harbiy prokuraturasi tergovchi-kriminalisti, 2001 yildan Toshkent harbiy okrug harbiy prokuraturasi katta tergovchisi, bo‘lim harbiy prokurori lavozimida mehnat qildi.
2003 yildan O‘zbekiston Harbiy prokurorining kadrlar bo‘yicha yordamchisi, 2004 yildan Farg‘ona harbiy prokurorining o‘rinbosari va 2006 yildan O‘zbekiston Harbiy prokurorining katta yordamchisi lavozimlarida faoliyat olib bordi.

2010-2012 yillarda Sharqiy harbiy okrug harbiy prokurori, 2012-2014 yillarda O‘zbekiston Respublika Harbiy prokurorining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
2014 yildan shu paytgacha Surxondaryo viloyat prokurori vazifasini bajaruvchi lavozimida faoliyat olib borgan.

Top