Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 19:41 / 05.11.2015
3860
1 daqiqa o‘qiladi
Bryussel aeroportida A319 samolyoti qush sababli shoshilinch qo‘nishga majbur bo‘ldi
Bryussel aeroportida “Bryussel avialiniyalari” aviakompaniyasi A319 samolyoti dvigatelga kirib qolgan qush sababli shoshilinch qo‘nishni amal oshirdi, deb xabar bermoqda “Het Laatste Nieuws” gazetasi.
Gazeta ma'lumotlariga ko‘ra, Venetsiyaga ketayotgan samolyotning dvigatellaridan biriga kirib qolgan qush shu dvigatelning ishdan chiqishiga sabab bo‘lgan.
Samolyotda 120 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Voqea oqibatida hech kim jabrlanmagan.