19:44 / 05.11.2015
3710

Buyuk Britaniya Sharm-ash-Shayxdagi fuqarolarini olib kelish uchun bo‘sh samolyotlar jo‘natmoqda

Buyuk Britaniya Sharm-ash-Shayxda ta'tilda bo‘lgan fuqarolarini olib kelish uchun bush charter samolyotlarini jo‘natmoqda. Bu haqda mamlakat transport vazirligi vakili RIA Novostiga xabar qilgan.

"Biz Britaniya fuqarolarining o‘z vatanlariga xotirjam va xavfsiz qaytib kelishlari uchun mazkur chora-tadbirlarni amalga oshiryapmiz”, — dedi manbalardan biri.
Uning qo‘shimcha qilishicha, qaysi bir britaniyalik Misrdagi kurortni vaqtli tark etishni istasa unga ushbu qulaylik taklif etiladi.

Britaniya hukumati “turli xil manbalar asosida qo‘lga kiritilgan faktlar”ga tayanib, Misrda halokatga uchragan Rossiya samolyotining bortida portlovchi qurilma bo‘lgan, degan ma'lumotni ilgari surmoqda. Shu bois ham Britaniya hukumati fuqarolarining xavfsizligini ta'minlash maqsadida Misrdan uchuvchi va mamlakatdan Misrga uchuvchi barcha reyslarni bekor qildi.

6 noyabr, juma kuni Sharm-ash-Shayxdan birinchi britaniyalik uchishi kutilmoqda.

Top