21:58 / 05.11.2015
5439

Davlatlararo aviatsiya qo‘mitasi Rossiyada Boeing 737 samolyotlaridan foydalanishni to‘xtatib qo‘ydi

Davlatlararo aviatsiya qo‘mitasi (DAQ) Rossiya aviakompaniyalari tomonidan foydalaniladigan Boeing 737 samolyotlarining Classic va NG modifikatsiyalari sertifikatlarini chaqirtirib oldi, deb xabar bermoqda aviakompaniyalardan biridagi manbaga iqtibos keltirgan holda “Interfaks” axborot agentligi.

TASS axborot agentligiga Rosaviatsiyada ma'lum qilinishicha, tashkilot 6 noyabrda aviakompaniyalar va DAQ vakillari bilan Boeing 737 samolyotlaridan foydalanishning kelgusi istiqbollari xususida yig‘ilish o‘tkazadi.

RIA “Novosti” axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, Boeing 737 samolyotlari seritfikatlari Rossiya va AQSh aviatsiya sohasidagi mutasaddilarining ushbu samolyotlar xavfsizligi bo‘yicha birgalikdagi bildirishnomasi olingunga qadar to‘xtatilishi lozim.

Top