07:40 / 05.11.2015
4729

YeChLning 4-turi, F guruhi: "Arsenal" "Bavariya"ga yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi

4 noyabr oqshomida Yevropa chempionlar ligasining 4-turi uchrashuvlari o‘tkazildi. "F" guruhi yetakchisi "Bavariya" o‘z maydonida "Arsenal"ni qabul qildi va yirik hisobda g‘alaba qozondi.

Myunxenliklarning 5ta goliga "kanonirlar" bir marta javob qaytara olishdi. Ushbu g‘alabadan keyin Gvardiola shogirdlari o‘z ochkolarini 9taga yetkazishdi.

Gretsiyaning "Olimpiakos" jamoasi ham o‘z o‘yinida, 1 kishi ko‘p bo‘lib harakat qilgan holda, o‘yinning so‘nggi daqiqalarida urilgan gol evaziga g‘alaba qozonib, shuncha ochkoga ega bo‘lib turibdi.

"Arsenal" nazariy maksimum jihatidan pley-off imkoniyatiga ega. Venger shogirdlari keyingi turlarda yirik hisoblarda "Dinamo Zagreb" va "Olimpiakos"ni mag‘lub etishlari va o‘z navbatida "Bavariya" greklarni mag‘lubiyatga uchratishlari kerak.

YeChL, "F" GURUHI, 4-TUR

Bavariya Germaniya – Arsenal Angliya 5:1 (3:0, 2:1)
Gollar: 1:0 – 10 Levandovski, 2:0 – 29 Myuller, 3:0 – 44 Alaba, 4:0 – 55 Robben, 4:1 – 69 Jiru, 5:1 – 89 Myuller. 
Bavariya – Noyyer, Lam, Alaba, Boateng (Benatiya, 68), Alkantara, Martines, Xabi Alonso, Duglas Kosta, Koman (Robben, 55), Levandovski (Vidal, 71), Myuller.
Arsenal – Chex, Mertesaker, Gabriel, Monreal, Debyushi, O‘zil, Koklen, Kempbell (Gibbs, 59), Kasorla (Chembers, 87), Sanches, Jiru (Ivobi, 85).
Ogohlantirishlar: O‘zil (12), Kempbell (24).

 

Olimpiakos Gretsiya – Dinamo Zagreb Xorvatiya 2:1 (0:1, 2:0)

Gollar: 0:1 – 21 Xojich, 1:1 – 65 Pardo, 2:1 – 90 Pardo. 

Olimpiakos – Roberto, Siovas, Botia (da Koshta, 51), Masuaku, Elabdellaui, Fortunis, Kasami (Finnbogason, 81), Ernani (Pardo, 64), Milivoyevich, Seba, Ideyye.
Dinamo Zagreb – Eduardu, Taravel, Pivarich, Metsel, Gonsalu Santush, Antolich, Rog, Fernandes (Musa, 88), Mashadu, Pyatsa (Sigali, 80), XoJich (Enrikes, 57).
Ogohlantirishlar: Rog (13), Pivarich (28), Gonsalu Santush (53), Mashadu (69).
Chetlatish: Pivarich (79).

Top