Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 00:34 / 05.11.2015
5937
1 daqiqa o‘qiladi
Eron AQSh bilan hech qaysi bir masala bo‘yicha hamkorlik qilinmasligini aytdi
Eron hukumati hech qaysi masala bo‘yicha AQSh bilan bevosita ham, bilvosita ham ham hamkorlik qilmasligini aytdi, deb xabar berdi Reuters axborot agentligi.
Bu haqda Eron prezidenti Hasan Ruhoniyning maslahatchisi Press TV kanalidagi nutqi davomida aytdi. Manbaning aytishicha bu Suriyada terrorchilarga qarshi kurashga ham tegishlidir.
Avvalroq Oq uy vakili Erik Shults AQSh Rossiya va Eron bilan Suriyadagi ixtilofni hal qilishda ishlashga tayyorligini aytgan edi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish