19:50 / 05.11.2015
2837

Yevropa kengashi Yevrohudud YaIM o‘sish hajmining yaxshilanishini bashorat qilmoqda

Yevrokengash (YeK) Yevrohudud YaIM o‘sish hajmining 2017 yilda 1,9 foiz, 2016 yilda esa 1,7 foizga ortishini bashorat qilmoqda, deyiladi Yevrokengashning so‘nggi hisobotida.

Bu 2017 yil uchun e'lon qilingan birinchi bashoratdir. 2016 yilgi baholar esa 2015 yil 5 maydagi bashoratdan 0,1 foizga kamaygan.

Inflyatsiya bo‘yicha bashoratlar o‘zgarishsiz qolgan, 2015 yilda Yevrohududda iste'mol narxlari indekchi 0,1 foiz darajasida qolishi kutilmoqda. Biroq YeKning 2016 yildagi bahosini jiddiygina pasaytirdi – 1,5 foizdan 1,0 foizgacha.

Shuningdek, Yevrokengash 2015 yilda AQSh YaIMning pasayishini bashorat qildi. Yevrokengash joriy yilda AQSh YaIM hajmining 2,6 foizga o‘sishini kutmoqda. Avvalroq esa Yevrokengash AQSh YaIM o‘sish hajmini 2015 yilda 3,1 foizni tashkil etishini taxmin qilgan edi.

Top