Jamiyat | 16:39 / 05.11.2015
2942
1 daqiqa o‘qiladi

Gulistonda mashina o‘g‘risi boshqaruvni qo‘ldan chiqarib, avariyaga uchradi

Gulistonda mashina o‘g‘risi boshqaruvni qo‘ldan chiqarib, avariyaga uchradi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Aytilishicha, 27 yoshli Bahrom ismli yigit qarovsiz qoldirilgan Nexia rusumli avtomashinani o‘g‘irlab ketgan. Lekin u boshqaruvni eplay olmagan. Natijada mashina yo‘l chetiga chiqib ketgan. Omon qolgan olibqocharning o‘zi mashinani tashlab, voqea joyini tark etgan.

Tez orada mashina egasi qaytarilgan. Bundan tashqari, o‘g‘ri ham qo‘lga olingan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish