Jahon | 15:08 / 05.11.2015
3115
2 daqiqa o‘qiladi

Hindistonlik adiba e'tiroz tariqasida o‘ziga topshirilgan mukofotni qaytarib berdi

Hindistonlik yozuvchi, Buker mukofoti sovrindori Arundati Roy 1989 yili eng yaxshi ssenariy uchun berilgan davlat mukofotini diniy bag‘ritorlikka e'tiroz ramzi sifatida qaytarib berdi. Bu haqda Indian Express nashri yozmoqda.

Ilgariroq adabiyot akademiyasining mukofotini 40dan ortiq yozuvchi qaytarib bergan edi. Oktyabr oyi oxirida ular akademiya yaqinida e'tiroz marshini o‘tkazishdi.
Yozuvchilar, diniy bag‘rikenglik, tabaqalararo bag‘rikenglik va so‘z erkinligi uchun kurashmoqdalar.

“Men qaytarishim mumkin bo‘lgan davlat mukofotini topganimdan xursandman, negaki bu yozuvchilar, filmlar yaratuvchilari va olimlar boshlab bergan siyosiy harakatga qo‘shilishimga imkon berdi”, - ta'kidladi Roy xonim.
Shuningdek, ayol oxirgi paytlarda diniy kamchiliklar hamda dalitlar tabaqasi vakillariga uyushtirilayotgan hujumlar, bu bilan bog‘liq sodir etilgan qotilliklarni keskin qoraladi.

“Bu dahshatli qotilliklar chuqur xastalik alomatlaridir, - e'tirof etdi Arundati Roy. – Butun boshli jamoatlar, millionlab, dalitlar, adivasilar, musulmonlar va xristianlar ularga qachon hujum qilinishini kutib qo‘rquvda yashashga majbur”.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish