Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Indoneziyadagi 3ta aeroport Rinjani vulqoni faollashishi tufayli yopib qo‘yildi
Indoneziya transport vazirligi Lombok orolidagi Rinjani vulqoni ustida kul paydo bo‘lganni munosabati bilan mamlakat hududidagi 3ta aeroportning faoliyatini cheklanishini ma'lum qildi.
"Cheklovlar hozircha 6 noyabr kunigacha etib belgilangan", deydi Suprasetio fuqaro aviatsiyasi departamenti rahbari.
Ma'lum qilinishicha, hukumat xavfsizlikni ta'minlash maqsadida zarur choralarni ko‘rmoqda.
Bu cheklovlar sayyohlar ko‘p miqdorda tashrif buyuradigan Bali, Lomboke va Yavadagi aeroportlarga taalluqlidir.
Rinjani vulqonidagi faollashish o‘tgan haftada qayd etilgan. Bu vulqon dengiz sathidan 3700 m balandlikda joylashgan.
Shu yilning iyulida Yava orolidagi vulqonning faollashuvi tufayli Indoneziyadagi ko‘plab aeroportlarda harakat to‘xtab qolgandi. Bali orolining o‘zida 1 hafta ichida 900dan ortiq reyslar bekor qilingan.