Jahon | 06:32 / 05.11.2015
1832
1 daqiqa o‘qiladi

Jahon banki Ukrainaga 560 mln dollarlik “yo‘l” krediti ajratishni ma'qulladi

Jahon banki Ukrainadagi yo‘llarni tiklash uchun 560 mln dollarlik kredit ajratilishini ko‘zda tutuvchi uchinchi loyihani ma'qulladi. Bu haqda 4 noyabrda Ukraina infratuzilmasi vaziri Andrey Pivovarskiy ma'lum qildi.

“Jahon banki Ukrainadagi M-03 (Kiyev-Xarkov trassasi) avtomobil yo‘lini tiklash uchun 560 mln dollarlik uchinchi loyihani ma'qulladi”, deb yozdi Pivovarskiy. feysbukda.

Avvalroq 2 sentabrda Ukraina hukumati yo‘l sohasini rivojlantirish uchun Jahon bankining 560 mln dollarlik kreditini jalb qilish bo‘yicha loyihani ma'qulllagandi.

Kredit Xalqaro rekonstruksiya va taraqqiyot banki tomonidan taqdim qilinadi.

Yo‘llar birinchi toifadagi yo‘llar standartlari bo‘yicha modernizatsiya qilinadi: bu 4 ta harakatlanish polosasi va yuqori xavfsizlik darajasiga ega, jumladan yo‘lning o‘rtasida to‘qnashuvlardan saqlovchi to‘siq va zarur joylarda yo‘l chetlarida to‘siqlar bo‘lgan avtomagistral bo‘ladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish