Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kanadaning yangi hukumatiga 15 ayol, 15 erkak kirdi
Kanadaning yangi bosh vaziri Jastin Tryudo hukumatiga kirgan 30 vazirning yarmi ayol, yarmi erkaklardir. Bu haqda hukumat rahbari chorshanba kuni mamlakat va Britaniya monarxi Yelizaveta II ga sodiqlik qasamyodini qabul qilganida xabar berdi.
Asosiy lavozimlarni liberallar va Tryudoning safdoshlari egalladi. Jumladan, Ralf Gudeyl jamoat xavfsizligi va fuqaro mudofaasi vaziri etib tayinlandi. Stefan Dion TIVga rahbar bo‘ldi. Skot Brayson g‘aznachilik kengashi raisiga aylandi.
Sobiq fazogir Mark Garno moliya vaziri etib tayinlandi. Jastin Tryudoning eski do‘sti Dominik Leblan hukmron Liberal partiya raisiga aylandi.