Sport | 10:47 / 05.11.2015
2271
1 daqiqa o‘qiladi

Kasilyas YeChLda g‘alabali o‘yinlar o‘tkazish bo‘yicha Xavining rekordini yangiladi

Ayni vaqtda "Portu" jamoasi darvozaboni hisoblanadigan Iker Kasilyas YeChLning 4-turi doirasida 4 noyabr kuni "Makkabi"ga qarshi o‘tkazilgan o‘yindagi g‘alaba (3:1) evaziga yana bir rekord qayd etdi.

Endilikda, "Real"ning sobiq darvozaboni hisobida YeChL doirasidagi o‘yinlarda qozonilgan 91ta g‘alaba mavjud. Bundan oldingi eng yaxshi ko‘rsatkich "Barselona"ning sobiq yarim himoyachisi Xaviga tegishli edi (90ta g‘alaba).

Qayd etish kerakki, bunday ro‘yxatda "Real"ning yana bir sobiq futbolchisi Raul Gonsales o‘rin egallagan. Uchinchi o‘rindagi Raul "Real" va "Shalke" jamoalaridagi ishtiroklari orqali YeChLda 79 marta g‘alabali o‘yin o‘tkazgan.

Keyingi o‘rinlarda Rayan Giggz ("MYu", 74ta o‘yin) va Krishtianu Ronaldu ("MYu" va "Real", 73ta o‘yin) nomlarini ko‘rish mumkin.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish