Jamiyat | 09:15 / 05.11.2015
3566
1 daqiqa o‘qiladi

Keti Perri musiqa sohasida eng ko‘p haq oladigan ayollar ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi

Keti Perri musiqa sohasidagi ayollar orasida eng ko‘p pul ishlab topadigan qo‘shiqchi ekani ma'lum bo‘ldi. Bu haqda Forbs jurnalida keltirilgan.

Jurnalning bildirishicha, ushbu qo‘shiqchining daromadlari 2015 yilda 135 mln dollarga teng bo‘lgan.

Nashr tomonidan ma'lum qilinishicha, Perri xonim bu natijaga Prismatic World Tour turlari evaziga erishgan. Qo‘shiqchi o‘tgan yilda shu tur doirasida 126ta shaharda konsertlar bergan va har bir konsertidan o‘rtacha 2 mln dollardan daromad ko‘rgan.

Forbs reytingida ikkinchi o‘rinni Teylor Svift egallagan (80 mln dollar).

Uchinchi o‘rinda esa Fleetwood Mac. guruhi joylashgan. Bu guruhning 2015 yildagi daromadlari 59,5 mln dollarni tashkil qilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish