09:53 / 05.11.2015
5096

Misrda "Qur'on va sunnatdagi ilmiy mo‘'jizalar" mavzuida konferensiya bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 3 noyabr kuni Misr Arab Respublikasidagi Bani Suvayf universitetida “Qur'on va sunnatdagi ilmiy mo‘'jizalar” mavzuida 4-xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi, deb xabar berdi Muslim.uz portali.

Unda universitet rektori doktor Amin Lutfiy so‘zga chiqib, anjumanni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad – Qur'on va sunnatdagi mo‘'jizalarning turli fan va sohalar, jumladan, geologiya, astranomiya, tibbiyot, farmatsevtika, anatomiya, biologiya, matematikaga bog‘liqligi va mazkur fan va sohalarda ham Qur'on va sunnat mo‘'jizalarining namoyon bo‘lishini bildirish ekanini ta'kidladi.

Shuningdek, doktor Amin Lutfiy, bu kabi anjumanlarning o‘tkazilishi, universitetning ilmiy tadqiqot va amaliy dasturi uchun muhim ahamiyatga ega ekanini qo‘shimcha qilib o‘tdi.

Top