12:53 / 05.11.2015
3117

Mo‘g‘uliston Sog‘liqni saqlash va sport vaziri katta miqdordagi pora olgani uchun qamoqqa olindi

Mo‘g‘uliston aksilkorrupsiya xizmati xodimlari 5 noyabrga o‘tar kechasi mamlakat Sog‘liqni saqlash va sport ishlari vaziri Ganxuyagiyna Shiylegdambani qamoqqa olishdi. Bu haqda MONTsAME axborot agentligi xabar tarqatgan.

Ma'lum qilinishicha, 40 yoshli ushbu amaldor o‘z ofisida hibs qilingan. U bu vaqtda 500 mln tugrik (250 ming dollar) miqdoridagi porani olish ustida edi.

U bilan birgalikda uning shaxsiy haydovchisi va yordamchisi ham qamoqqa olingan.

Ayni vaqtda Shiylegdamba Sud qarorlarini ijro etish boshqarmasidagi izolyatorda bo‘lib turibdi.

Ma'lumot uchun, u 2000 yildan 2004 yilgacha Mo‘g‘uliston Transport va turizm vaziri o‘rinbosari sifatida ishlagan, 2007-2008 yillarda esa u Atrof muhit va tabiatni muhofaza qilish vazirligini boshqargan. Shiylegdamba Mo‘g‘uliston xalq inqilobiy partiyasi bosh kotibi ham hisoblanadi.

Top