22:14 / 05.11.2015
3069

Moskva-Yerevan yo‘nalishida qatnovchi avtobus haydovchining uxlab qolishi natijasida avariyaga uchradi

Moskva—Yerevan yo‘nalishida qatnovchi avtobusning Tula viloyati hududida halokatli yo‘l transporti hodisasi sodir etishiga sabab, avtobus harakati davomida haydovchining uxlab qolganidir. Bu haqda Rossiya ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Aleksandr Savenkov ma'lumotiga asoslanib, TASS xabar bermoqda.

Salonida Armaniston fuqarolari bor avtobus Tula viloyatining M4 “Don” trassasida 3 noyabr kuni tunda halokatga uchragan. Avariya natijasida 8 nafar kishi halok bo‘ldi, 47 nafarga yaqini esa turli darajadagi tan jarohati oldi.

Tula viloyati sudi qarori bilan 44 yoshli haydovchi hibsga olindi. YTHda halok bo‘lganlar va jabrlanganlar orasidan 29 nafari Rossiya FVVning maxsus bortida Armanistonga yetkazilgan. Ayni damda Tuladagi shifoxonada 12 nafar jabrlangan kishi qolgan. Shulardan uch nafarining ahvoli og‘ir.

Top