Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Motorola Droid Turbo 2 smartfonini uloqtirib ko‘rish imkoni mavjud bo‘lgan butik ochadi
Motorola kompaniyasi Chikago markazida o‘zining ilk butikini ochmoqchi. Kompaniya bergan ma'lumotga ko‘ra, bu loyihadan maqsad foydalanuvchilarga smartfonlarni faqatgina ekranlarda emas, hayotda ham ko‘rib, baho berish imkonini yaratishdan iborat. Shuningdek, tashrif buyurganlar burchagida Moto X Pure Edition smartfonining 21 Mp.li kamerasida suratga tushishlari, bundan tashqari, Drop Zone nomli burchakda yangi Droid Turbo 2 smartfonini yerga uloqtirib ko‘rishlari va uning displeyiga hech nima qilmasligini tekshirib ko‘rishlari mumkin bo‘ladi.
Ushbu butik 7 noyabr kunidan boshlab ishga tushadi.