16:52 / 05.11.2015
5052

Namanganda harbiylar oilalariga yangi uylar topshirildi

Namangan viloyatida joylashgan harbiy shaharchalardan birida vatan himoyachilari uchun bunyod etilgan ko‘p qavatli turar joy binosi foydalanishga topshirildi. Bu haqda O‘zA xabar bergan.

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi vakillari, Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi, harbiy xizmatchilar va ularning oila a'zolari, davlat va jamoat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Harbiy xizmatchilarni uy-joy bilan ta'minlashning 2007—2015 yillarga mo‘ljallangan tegishli dasturi asosida o‘tgan davr mobaynida ko‘plab serjant va ofitserlar uy bilan ta'minlandi, uch mingdan ortiq xonadonlar qurildi, harbiy xizmatchilar qishloqlarda namunaviy loyiha asosida qurilayotgan uy-joylarga ega bo‘lmoqda.

Yangi uylarning kalitini O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vazirining o‘rinbosari, polkovnik Muzaffar Soliyev, Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni, polkovnik Rustam Xalilov topshirdi.

Ikki va uch xonali xonadonlardan iborat ko‘rkam uy harbiylar oilalarining farovon hayot kechirishi uchun barcha zarur sharoitlar bilan ta'minlangan.

Top