Jamiyat | 20:33 / 05.11.2015
8736
1 daqiqa o‘qiladi

Navoiy viloyatida bir oilada to‘rt qizaloq tug‘ildi

Yaqinda Farg‘ona viloyatida bir yo‘la to‘rt egizak tug‘ilgani haqida xabar berilgan edi. Xuddi shunday quvonchli voqea Navoiy viloyat perinatal markazida ham ro‘y berdi. Karmanalik Dilfuza Niyozova bir yo‘la to‘rt qizaloqning onasi bo‘ldi.

Vazni 1520 grammdan 2300 grammgacha tug‘ilgan chaqaloqlarning barchasi sog‘lom dunyoga keldi. Ularga Fotima, Zuhra, Zahro va Zulayho deb ism berishdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish