Sport | 18:20 / 05.11.2015
4764
1 daqiqa o‘qiladi

Oklend aeroportida xaka raqsi. Yangi zelandiyalik regbichilar shunday kutib olindi

Regbi bo‘yicha amaldagi jahon chempioni Yangi Zelandiya terma jamoasi Oklend xalqaro aeroportida keng sport jamoatchiligi tomonidan tantanali ravishda kutib olindi.

Eslatib o‘tamiz, Yangi Zellandiya terma jamoasi 31 oktabr kuni Angliyada yakunlangan jahon chempionatida barcha raqiblarni mag‘lubiyatga uchratib, o‘z tarixida uchinchi marotaba jahon chempioni unvoniga ega bo‘lgandi.

Yangi Zelandiya va Avstraliya terma jamoalari o‘rtasidagi final bahsi Londondagi "Tvikenxem" stadionida o‘tkazilgan, unda yangi zelandiyaliklarning 34-17 hisobidagi g‘alabasi qayd etilgandi.

Bungacha Yangi Zelandiya terma jamoasi 1987 va 2011 yillarda ham dunyoning eng kuchli regbi terma jamoasi nomini qo‘lga kiritishgan edi.