O‘zbekiston | 16:32 / 05.11.2015
8464
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda ilk bor “Yoshlar haftaligi” bo‘lib o‘tadi

2015 yilning 16-22 noyabr kunlari Toshkent shahrida “Ertangi kun bizniki, marra bizni” shiori ostida “Yoshlar haftaligi” bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “Yoshlar ijod saroyi”da bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida e'lon qilindi.

“Yoshlar haftaligi” “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, “O‘zbekkino” Milliy agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste'dod” jamg‘armasi tomonidan tashkil etiladi.

Bu yil ilk bor tashkil etilayotgan “Yoshlar haftaligi” doirasida: “PROlogue” (Muqaddima) – qisqa metrajli filmlar festivali, moda va dizayn haftaligi, talabalar teatr studiyalari festivali, “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovining final bosqichi, “Tafakkur sinovlari” tanlovining yakuniy bosqichi, “XXI asr – intellektual avlod asri” shiori ostidagi ilmiy-amaliy konferensiya, “Yangi nigoh” videoroliklar tanlovi sovrindorlarini taqdirlash marosimi kabi tadbirlar tashkil etiladi.

Ularda oliy o‘quv yurtlarida fan, ta'lim, madaniyat va san'at yo‘nalishlarida tahsil olayotgan iqtidorli talabalar, davlat mukofotlari va nomdor spidendiyalar sohiblari, ijtimoiy faol yoshlar, san'at va madaniyat namoyondolari, taniqli ilm-fan arboblari, kino va moda yo‘nalishida ijod qilayotgan xorijiy ekspertlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etadilar.

Mazkur haftalik “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Vasiylik Kengashining 2015 yil 31 martdagi majlisida tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida 2015 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha qora-tadbirlar dasturi”ga muvofiq o‘tkazilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish