Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik kanoechilar Rio-2016 olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi
Indoneziyaning Jakarta shahrida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha Osiyo chempionati bahslari o‘tkazilmoqda.
Musobaqada birinchi o‘rinni egallaganlar 2016 yili Rio-de-Janeyro shahrida o‘tkaziladigan XXXI yozgi Olimpiada o‘yinlarining yo‘llanmalarini ham qo‘lga kiritishadi.
Yakkalik qayiqda 1000 metr masofaga baydarkada eshkak eshish musobaqasida Aleksey Mochalov va 1000 metr masofaga kanoeda eshkak eshish musobaqasida Gerasim Kochnev marra chizig‘iga birinchi bo‘lib yetib keldi va “Rio-2016” o‘yinlariga yo‘llanma olishdi.
Bundan tashqari, ikki kishilik qayiqda 1000 metr masofaga kanoeda eshkak eshish musobaqasida Vadim Menkov va Serik Mirbekov ham Osiyo chempionatining oltin medallari va XXXI yozgi Olimpiada o‘yinlarining yo‘llanmasiga ega bo‘lishdi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasining axborot xizmati xabar qilgan.