Jahon | 15:40 / 05.11.2015
1992
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘iziston parlamenti 14 qo‘mitadan 9tasini qoldirdi

Qirg‘iziston parlamenti amaldagi qo‘mitalar sonini 14tadan 9tagacha qisqartirdi. Bu haqdagi qaror bugun Jo‘qorg‘i Kengashda qabul qilindi.
Yangi strukturaga ko‘ra, qonunchilik organida quyidagi qo‘mitalar bo‘ladi:

1. Inson huquqlari, konstitutsion qonunchilik, davlat tizimi, sud-huquq masalalari va deputatlik etikasi qo‘mitasi.
2. Qonuniylik, huquq-tartibot va jinoyatchilikka qarshi kurash qo‘mitasi.
3. Ta'lim, fan, madaniyat, sport va ijtimoiy siyosat qo‘mitasi.
4. Iqtisodiy va fiskal siyosat qo‘mitasi.
5. Byudjyet va moliya qo‘mitasi.
6. Mudofaa, xavfsizlik va xalqaro ishlar qo‘mitasi.
7. Agrar siyosat, suv resurslari, ekologiya va mintaqaviy rivojlanish qo‘mitasi.
8. Yoqilg‘i-energetika kompleksi va yer osti resurslaridan foydalanish qo‘mitasi.
9. Transport, kommunikatsiyalar, arxitektura va qurilish qo‘mitasi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish