09:05 / 05.11.2015
2164

Qozog‘iston davlat kompaniyalari britaniyalik investorlar bilan 3 mlrd dollarlik kelishuv imzolashdi

Qozog‘iston davlat kompaniyalari britaniyalik va xalqaro investorlar bilan umumiy qiymati 3 mlrd dollarlik kelishuv imzolashdi. Bu haqda 4 noyabrda Qozog‘istonning “Samruk-Kazina” milliy farovonligi jamg‘armasi matbuot xizmati ma'lum qildi.

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning Buyuk Britaniyaga tashrifi davomida bo‘lib o‘tgan Qozog‘iston-Britaniya ishbilarmonlik kengashi yig‘ilishi yakunlariga ko‘ra neft-gaz, tog‘-konchilik, energetika sohalarida bir qator ikki tomonlama hujjatlar imzolandi.

Qozog‘istonning eng yirik “Samruk-Energo” davlat energetika xoldingi va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki o‘rtasida Chordaryo GESini modernizatsiya qilish loyihasini moliyalashtirish bo‘yicha 51,4 mln dollarlik kelishuv imzolandi. Bundan tashqari, “Samruk-Kazina Invest” kompaniyasi Britaniyaning United Green Group kompaniyasi bilan 105,5 mln dollarlik investitsion loyihani amalga oshirish bo‘yicha bitim tuzdi. Bu loyihada Qozog‘istonda birinchi Jambul viloyatidagi “Burnoye” quyosh elektr stansiyasi quvvatlarini 50 MVt dan 100 MVt gacha oshirish ko‘zda tutilgan.

Top