Fan-texnika | 20:10 / 05.11.2015
9073
1 daqiqa o‘qiladi

Reaktiv ranetslarga ega pilotlar A380 samolyoti yonidan uchib o‘tishdi

Shveytsariyalik uchuvchi Iv Rossi va uning shogirdi, parashyutchi Vins Reffet qanot shaklidagi reaktiv ranets taqqan holda Airbus A380 yo‘lovchi samolyoti yaqinidan uchib o‘tishdi. Ularning o‘zlari suratga olgan videolavhada pilotlar yirik avialaynerga tenglashib, bir muddat shu taxlit uchgani va hatto uning atrofida aylangani ko‘rinadi. Video Rossi va Reffetning YouTube’dagi kanalida 4 noyabr kuni joylashtirildi.

2015 yil mayida ular Dubayda yangi qurilayotgan osmono‘par binolar oldidan uchib o‘tgan edi. Jumladan, ular 163 qavatli Burj Xalifa binosining tepasigacha ranetslarda ko‘tarilishgan edi. 828 m li Burj Xalifa dunyodagi eng baland bino hisoblanadi.

Reaktiv ranetsni Iv Rossining o‘zi ishlab chiqqan. Dubaydagi “sayr”dan oldin ekstremallar cho‘lda mashq qilishgan edi.