Jahon | 22:24 / 05.11.2015
10194
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya ikki kun ichida Suriyada 263 ta obektni bombardimon qildi

Rossiya aviatsiyasi ikki kun davomida Suriyada terrorchilarning 263 ta obektiga zarbalar berdi, deb xabar bermoqda Rossiya Mudofaa vazirligi vakili Igor Konashenkovga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi.

“O‘tgan ikki kun ichida Rossiya aviaguruhi samolyotlari Suriyada 81 ta jangovor parvoz amalga oshirib, Halab, Damashq, Dayr-Ez-Zo‘r, Idlib, Lataqiya, Rakka, Xama va Xoms viloyatlarida 263 ta obektga zarba berdi”, deb aytdi Konashenkov.

Konashenkovning ta'kidlashicha, barcha samolyotlar jangovor vazifalarni bajargandan keyin Xmeymim bazasiga eson-omon qaytgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish