22:05 / 05.11.2015
3123

Sayyohlarga Shimoliy Koreya uzra Mi-17 vertolyotida sayohat qilish taklif qilinmoqda

Shimoliy Koreya Pxenyan o‘zra vertolyot bilan sayoht etishni taklif qilmoqda, deb sayyohlik agentligi ma'lumoti asosida xabar bermoqda Reuters. Ekskursiya mana shu oyda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Sayyohlar KXDR poytaxtini Mi-17 vertolyotida tomosha qilishlari mumkin.

Turagentlikning ma'lum qilishicha, Shimoliy Koreya hukumati sayyohatning rasmiy statistikasini oshkor etmagan. Mamlakatga har yili 6 ming nafarga yaqin g‘arblik tashrif buyuradi.

Young Pioneer Tours agentligidan bo‘lmish Rouen Birdning ma'lum qilishicha, vertolyot bilan bo‘ladigan sayohat dasturi 105 qavatli Ryugyon mehmonxonasining tom qismidan boshalanadi. Undan so‘ng, o‘rtacha balandlikda Tedongan daryosi ustidan va jahondagi eng yirik stadionlardan biri — Birinchi may stadoni uzra parvoz qilinadi.

Bundan tashqari, sayyohlarga o‘zlari bilan fotoapparat olib olishga ham ruxsat beriladi. Sayohat davomiyligi, ma'lumotlarga ko‘ra, 30 daqiqadan 40 daqiqagacha davom etadi. Turning narxi 195 dollar atrofida.

Top