O‘zbekiston | 17:30 / 05.11.2015
2596
1 daqiqa o‘qiladi

Sobiq aviasozlik zavodi aksiyadorlari 2013-2014 yillar uchun dividentlar to‘lamaslikka qaror qilishdi

“Toshkent mexanika zavodi” AJ aksiyadorlari – “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, Tashqi iqtisodiy aloqalar milliy banki va Davlat raqobat qo‘mitasi umumiy yig‘ilishda 2013-2014 yillar uchun dividentlar to‘lamaslikka qaror qilishdi.

Yig‘ilishda 2014 yilning sof daromadini (20.5 mlrd so‘m) 2013 yilning taqsimlanmagan foydasi (42.5 mlrd so‘m) bilan qo‘shib, quyidagi tartibda taqsimlashga qaror qilindi:
- 5 foizini zaxira kapitalini to‘ldirishga yo‘llash;

- Ustav fondiga teng summani (55.1 mlrd so‘m) ustav fondi kapitalizatsiyasiga sarflash;
- Qolgan 4.8 mlrd so‘mni rivojlanish maqsadlarida jamiyat ixtiyorida qoldirish.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish