12:32 / 05.11.2015
2538

Toshkent shahrida 2015 yilning 10 oyi davomida 1474 marta yong‘in qayd qilindi

2015 yilning 10 oyi davomida poytaxtimizda o‘t o‘chirish ekipajlari 1 ming 474 marotaba yong‘inlarga chaqirildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligida IIBB Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati bilan hamkorlikda o‘tkazilgan matbuot anjumanida xabar qilindi.

“Qish mavsumida Toshkent shahrida yong‘in xavfsizligini ta'minlash borasida amalga oshirilgan ishlar” mavzusidagi matbuot anjumanida sodir bo‘lgan yong‘inlarda 20 nafar fuqaroning hayoti qutqarilgani, shuningdek, 2 milliard so‘mdan ziyodroq moddiy boyliklar saqlab qolingani ma'lum qilindi.

Toshkent shahar hokimligi Axborot xizmati xabariga ko‘ra, yong‘inlarning oldini olish borasida fuqarolar bilan keng ko‘lamli tushuntirish ishlari olib borish maqsadida aholi turar joylari, korxona va tashkilotlarda uchrashuvlar tashkil etildi.
O‘ta muhim, toifalangan obektlar va xalq xo‘jaligi maskanlari, maktab, boshqa o‘quv yurtlari va fuqarolar ko‘p yig‘iladigan joylarda 1200dan ziyod yong‘in xavfsizligi burchaklari tashkil etildi.

Top