Jamiyat | 22:53 / 05.11.2015
4311
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda talaba o‘zi ijarada turgan uydan 3 mln so‘mlik buyumlarni o‘g‘irlab ketdi

Toshkentda talaba o‘zi ijarada turgan uydan 3 mln so‘mlik buyumlarni o‘g‘irlab ketdi. Bu haqda “Ogoh” nashri yozmoqda.

Aytilishicha, Uchtepa tumanida turuvchi Bahodir ismli kishi ijaraga uy topolmayotgan bir yigitga yordam berish uchun unga o‘z uyini ijaraga bergan. Ammo shundan so‘ng u yigit qo‘ng‘iroqlarga javob bermay qo‘ygan.

Bir kuni vaziyatni tekshirish uchun o‘ziga tegishli xonadonga borgan Bahodir uyidan 1 mln so‘mlik televizor va 2 mln so‘mlik sovutkich o‘g‘irlab ketilganini ko‘rgan.
Ayni paytda o‘g‘ri tergov savollariga javob bermoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish