Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
ZTE korporatsiyasi Broadband World Forum anjumanining ikkita mukofotiga sazovor bo‘ldi
Telekommunikatsiyalar sanoati, korxona va iste'molchilar uchun mobil internet sohasidagi texnologik yechimlarning yirik yetkazib beruvchisi bo‘lgan ZTE korporatsiyasi Londonda (Buyuk Britaniya) bo‘lib o‘tgan Broadband World Forum - 2015 anjumanining ikkita mukofotiga sazovor bo‘ldi.
ZTE taklif etgan ZandraTM yechimi Best Connected Home Sevice (eng yaxshi uy aloqasi xizmati) yoki Solution Award (yechim uchun mukofot) ga loyiq deb topildi. TM va ZTE kompaniyalari Best Broadband Partnership (keng yo‘lakli aloqa bo‘yicha eng yaxshi hamkorlik) mukofotiga ega bo‘ldilar.

ZandraTM yechimi foydalanuvchilarga istalgan vaqtda va xohlagan joydan turib o‘z uyini kuzatish imkonini beradi. ZTEning yangi yechimi innovatsion kameralar va ma'lumotlarni bulutli tarzda saqlash usuli uchun soha mutaxassislarining yuksak e'tirofiga sazovor bo‘ldi.
ZTEning yangi avlod ZandraTM yechimlari IP kameralarga ega bo‘lib, ovoz yordamida boshqarish tizimi, shuningdek, HD va saqlash texnologiyalari bilan ta'minlangan. Bu texnologiyalar ZandraTMni interfaol ko‘ngilochar mahsulotga aylantirdi. Bundan tashqari, foydalanuvchi ZandraTMni smartfon ekrani yoki ovoz yordamida boshqarishi mumkin.
2014 yilning avgustida TM va ZTE kompaniyalari o‘zaro anglashuv memorandumi va kompaniyalar o‘rtasida bilim va tajriba almashish bitimi to‘g‘risidagi memorandumni imzoladilar. Tomonlar yangi texnologiyalar bo‘yicha tadqiqotlarni boshlab yubordilar. TWDM PON optik uzaytirgich, DWBA va boshqalar shular jumlasidan.
TWDM-PON tizimi ma'lumotlarni uzatish chog‘ida downstream trafigi uchun 40 Gb/s va upstream trafigi uchun 10 Gb/s tezligiga erishish imkoniyatini beradi, bu esa 40 kilometr masofada 128 tagacha foydalanuvchiga xizmat ko‘rsatish imkonini beradi. TWDM-PON tizimining muhim xususiyati shundan iboratki, u mavjud ODN tarmog‘i bilan birga qo‘llanilishi mumkin.
Yaqinda OVUM deb nomlanuvchi taniqli konsalting firmasi Market Shere Report, ya'ni bozordagi ulushlar haqidagi hisobotini e'lon qildi: 2Q15 FTTx DSL and CMTS. Unga ko‘ra ZTE o‘tgan yilning so‘nggi ikki choragi va 2015 yilning dastlabki 2 choragi davomida sirg‘aluvchan asosdagi simsiz keng yo‘lakli asbob-uskunalar bozoridagi eng yirik kompaniya deb tan olindi. Hisobotga ko‘ra, ZTE raqamli abonentlik liniyalari (digital subscriber line, DSL) uchun mo‘ljallangan mahsulotlar bozorida o‘z ulushini ancha oshirib, passiv optik tarmoqlar (passive optical network, PON) segmentida ham bozor ulushining ortishini namoyon etgan va PON tarmoqlari uchun asbob-uskunalar global bozorida ikkinchi o‘rinni egallagan. Mintaqaviy asosda ZTE Janubiy va Markaziy Amerikada PON-uskunalar segmentida bozor ulushi bo‘yicha birinchi o‘rinni, Osiyo-Tinch okeani mintaqasida esa ikkinchi o‘rinni egalladi.
ZTE — telekommunikatsion asbob-uskunalar va uyali telefonlarni yetkazib beruvchi jahondagi yetakchi shirkatlardan biri hisoblanadi. ZTE tomonidan simli va simsiz aloqa, mobil va fiksatsiyalangan terminallar bozorining deyarli har bir yo‘nalishida turli-tuman yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqariladi.
Bugungi kunda jahonning ko‘plab mamlakatlarida ZTE vakolatxonalari va tadqiqot markazlari joylashgan bo‘lib, ularda 10 minglab insonlar mehnat qiladilar. Kompaniya 140 ta mamlakat va mintaqaga asbob-uskunalar va xizmatlarni yetkazib beradi va Osiyo-Tinch okeani, Janubiy Osiyo, Shimoliy Amerika, Yevropa, Lotin Amerikasi, Afrika va MDHdagi 500 dan ortiq aloqa operatorlariga xizmat ko‘rsatadi.
Xususan, ayni damda ZTE shirkati iqtisodiyotning turli tarmoqlari uchun 50 dan ortiq yechimlarni taklif qilmoqda. Xitoy kompaniyasi, shuningdek, iste'molchilar uchun mo‘ljallangan mahsulotlar – telefonlardan tortib smartfon va planshetlargacha ishlab chiqaradi. Bu mahsulotlarni O‘zbekiston bozorida bemalol sotib olish mumkin. ZTE smartfonlarining asosiy dasturiy platformasi – OS Android hisoblanadi.
ZTE sho‘'ba korxonasi O‘zbekiston Respublikasida 10 yildan ortiq vaqt mobaynida faoliyat yuritib kelmoqda. Bu davr mobaynida kompaniya O‘zbekistonda telekommunikatsiya sohasi rivojiga ulkan hissa qo‘shib, ilg‘or kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatini, mahalliy aholi uchun ish joylarini taqdim etib, insonlarning kommunikatsiya texnologiyalari haqidagi bilimlarini oshirib kelmoqda.
O‘zbekiston telekommunikatsion operatorlari – Beeline, Ucell, AK
“O‘zbektelekom” va boshqalar mazkur kompaniyaning asbob-uskunalaridan foydalanadilar. 2013 yilning iyulida ZTE Sirdaryo viloyatida uyali telefonlar va ular uchun mo‘ljallangan aksessuarlarni ishlab chiqarish bo‘yicha korxonani ishga tushirdi. Mobil telefonlar UZTE brendi ostida tayyorlanyapti. Hozirda korxona smartfonlarning oltita modelini ishlab chiqarmoqda.