Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Advokat: Benzema hech narsani tan olgani yo‘q, u o‘zini aybdor deb hisoblamoqda
"Real" klubi hujumchisi Karim Benzemaning advokati Silven Korme mijozining Matyo Valbuena nisbatan qilingan tovlamachilikda aybdorligini inkor qildi.
«Benzema o‘zini aybdor deb hisoblamaydi va u hech narsani tan olgani yo‘q, garchi OAV buning teskarisini yozayotgan bo‘lsa-da. Mazkur tovlamachilikka uning aloqasi yo‘q. Afsuski, shunday mish-mishlar tarqalmoqda. Karimning o‘zi aybdor emasligini aytib beradi.
Meni tergov jarayoni hayron qoldirmoqda. Birinchidan, men sudda bo‘lib turibman, politsiya esa Karim aybini tan olganligi haqida yolg‘on xabar bermoqda. Politsiya Valbuenaning o‘zini so‘roq qilmayapti. Biz shunchaki g‘iybatlar uchun kurashyapmiz.
Ushbu vaziyatda kimnidir tinglash kerak bo‘lsa, bu — faqat Valbuena», – deydi Benzemaning advokati.