21:20 / 06.11.2015
4623

Audi kompaniyasi 1936 yilgi mashina nusxasini 3D-printeridan chiqardi

Audi kompaniyasining avtomobil qurilmalari ishlab chiqaruvchi bo‘limi mutaxassilari 3D-printeri yordamida 1936 yilda ishlab chiqilgan Auto Union Typ C mashinasi nusxasini chop etishdi. 1:2 masshtabda tayyorlangan model metall kukuni yordamida 3D-printertdan chiqarildi.

Ushbu texnologiya yordamida Auto Union Typ C ning barcha qolip va detallari tayyorlandi. Qaysi Audi haqida gap ketayotganiga oydinlik kiritilmagan. Faqatgina avtomobil 3D-printerining lazerli turida tayyorlangani haqida ma'lum qilingan.

Auto Union ishlangan material inson sochidan ikki marta yuqaroq metall kukunidan yasalgan. Bunlan tashqari plastik, keramika va shishadan ham foydalanilgan. U kuchli lazer qurilmasi quvvati asosida tayyorlangan.

Auto Union Typ C mashinasi 1936 yildan 1937 yilgacha bo‘lgan Gran-pri poygalarida ishtirok etgan. Ushbu mashinani boshqargan poygachilar jamoasi 25 poygada zafar quchishgan.

Top