Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 10:06 / 06.11.2015
1845
1 daqiqa o‘qiladi
Bavariyada yuk mashinasi poyezd bilan to‘qnashib, bir necha kishi halok bo‘ldi
Germaniyaning Bavariya yerida yuk mashinasi poyezd bilan to‘qnashdi. Bu haqda Deutsche Welle xabar bergan.
Bu to‘qnashuv ishtirokchisi bo‘lgan poyezdda 50 nafarga yaqin yo‘lovchi bo‘lgan. Bu hodisa Chexiya bilan chegara yaqinidagi kichik shahar hududida ro‘y bergan.
Xabar qilinishicha, bu falokat oqibatida bir necha kishi halok bo‘lgan va bir qancha jarohatlanganlar mahalliy shifoxonaga olib borilgan.
Halok bo‘lganlar va jarohatlanganlarning aniq sonlari keltirilmagan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish