Jahon | 09:33 / 06.11.2015
3904
1 daqiqa o‘qiladi

Braziliyada to‘g‘on buzilishi oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi

Braziliyaning Minas-Jyerays shtatida to‘g‘on qulashi natijasida 16 nafarga yaqin kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy OAV ma'lumotiga tayanib, Reuters xabar bermoqda.

To‘g‘on shaxta yonida joylashgan edi. Kompaniya boshqaruvi vakillari bo‘lgan voqea sababini bilishmasliklarini aytishgan. Mahalliy OAVning ma'lum qilishicha, 45 nafar kishi izsiz yo‘qolgan.

Halokat bo‘lgan joyda qidiruv ishlari boshlab yuborilgan. Mahalliy telekanal olgan kadrlarda iflos suv bilan qoplangan qishloq uylarini ko‘rish mumkin. Halok bo‘lgan va yo‘qolgan odamlar haqida rasmiy ma'lumot berilmagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish