Jahon | 11:30 / 06.11.2015
4593
1 daqiqa o‘qiladi

Braziliyada to‘g‘on buzilishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 17 nafarga yetdi

Braziliyaning janubi-sharqidagi Minas-Jyerays shtatida 2ta to‘g‘on buzildi va bu hodisa natijasida qurbon bo‘lganlar soni 17 nafarni tashkil qildi. Bu haqda voqea yuz bergan hududdan 30 km masofadagi Ouru Pretu shahri o‘t o‘chiruvchilar xizmati ma'lumot bergan.

Biroz oldinroq berilgan xabarlarda faqat bitta to‘g‘onning qulagani aytilgandi.
Ushbu hodisa natijasida atrofdagi 200ta bino vayron bo‘lgan. Bu binolarda jami 600 nafarga yaqin kishi istiqomat qilayotgandi.

Voqea joyida qutqaruvchi guruhlar ish olib bormoqda. Qurbonlar soni ortishi mumkinligi aytilgan. O‘nlab kishi bedarak ketgan deb hisoblanmoqda.

Metallurgiya sanoatidan chiqqan oqava suvlar yig‘iladigan ombordagi ushbu to‘g‘onlarning buzilishi hududda ekologik ofatga olib kelishi mumkinligi aytilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish