00:16 / 06.11.2015
4789

Chempionlar ligasi 4-tur bahslarining ramziy terma jamoasi tarkibi e'lon qilindi

UYeFA Chempionlar ligasining 4-tur guruh bosqichi bahslari nihoyasi munosabati bilan ramziy terma jamoa tarkibini e'lon qildi.

Jamoa darvozaboni: Janluiji Buffon (“Yuventus”).
Himoya chizig‘ida: David Alaba (“Bavariya”), Kris Smolling (“Manchester Yunayted”), Nacho Fernandes (“Real”) va Shtefan Lixtshtayner (“Yuventus”).
Yarim himoyachilar: Sven Kums (“Gent”), Villian (“Chelsi”) va Raxim Sterling (“Manchester Siti”).
Hujumichlar: Neymar (“Barselona”), Tomas Myuller (“Bavariya”) va Felipe Pardo (“Olimpiakos”).

Top