Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiya avia tashuvchisi IShIDga qarshi kurash uchun Suriyaga 2015 yil so‘ngiga qadar yetib boradi
Fransiya milliy mudofaa qo‘mitasi a'zosi Eduardo Rian Sipel Suriyada IShIDga qarshi kurash olib borayotgan Fransiya HHKga ko‘mak uchun 2015 yil so‘ngiga qadar hududga “Sharl de Goll” aviatashuvchi kemasi yetib keladi, dedi. Bu haqda u Sputnik agentligi bilan suhbatda ma'lum qilgan.
Sipelning qayd etishicha, Fransiya prezidenti Fransua Olland yaqin kunlarda kemaning yuborilish muddatlarini ma'lum qiladi.
Frantsuz floti flagman kemasi hisoblanuvchi “Sharl de Goll” kemasi o‘zida 40 ta samolyot, jumladan, ko‘p vazifali Rafale M qiruvchi samolyotlaridan iborat aviaguruhni tashiydi.
Kemaning Suriya ixtilofli hududida qo‘llanishi Fransiyaga o‘z havo guruhi imkoniyatlarini ikki barobar kuchaytirishga imkon beradi. Hozirda Fransiya Iroq va Suriyada BAAdagi Az-Zafra aviabazasida joylashgan 6 ta Rafale va Iordaniyadagi Shahzoda Hasan aerodromida joylashgan 6 ta Mirage 2000 qiruvchi samolyoti bilan harakat qilmoqda.
“Sharl de Goll” kemasi avval Iroqda jangarilarga qarshi harbiy operatsiyalarda jalb qilingan. Kema 2015 yilning fevralidan apreligacha Fors ko‘rfazida jangovor navbatchilikni o‘tagan. Ayni paytda kemaga Tulon portida texnik xizmat ko‘rsatilmoqda.