Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 15:20 / 06.11.2015
1816
1 daqiqa o‘qiladi
Fransiyada BMT iqlimiy konferensiyasi o‘tkazilishi munosabati bilan chegaralar qat'iy nazorat qilinadi
Fransiya IIV rahbari Bernar Kaznyov mamlakat hududida o‘tkaziladigan BMTning iqlimiy o‘zgarishlarga bag‘ishlangan 21-konferensiyasi xavfsizligini ta'minlash maqsadida chegaralarda nazorat kuchaytirilishi haqida ma'lum qildi. Bu haqda The Local xabar qilgan.
"1 oy davomida chegaralarda qat'iy nazorat o‘rnatiladi", deydi Kaznyov.
BMTning iqlimiy konferensiyasi shu yilning 30 noyabridan 11 dekabrigacha o‘tkaziladi. Unda dunyoning 80dan ortiq davlati rahbarlari ishtirok etishi kutilmoqda.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish