19:06 / 06.11.2015
8692

Guliston markaziy dehqon bozorida kelib chiqqan yong‘in sabablari o‘rganilmoqda

Prokuratura organlari Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi markaziy dehqon bozorida kelib chiqqan yong‘in tafsilotlarini o‘rganmoqda. Yong‘in natijasida ikki kishi kuyish jarohatini olgan, o‘ndan ziyod do‘kon butunlay yonib ketgan.

Mahalliy militsiya xabariga ko‘ra, 3 noyabr kuni texnika xavfsizligi qoidalarining buzilishi natijasida yong‘in kelib chiqqan.

Uzbekistan Today nashrining xabar berishicha, 2015 yilda Toshkent shahri va poytaxt viloyati bozorlarida ro‘y bergan yong‘inlarga ham aynan do‘kon egalari tomonidan ta'mir ishlarini olib borish va xo‘jalik texnikalaridan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etilmagani sabab ekani aniqlangan edi.

Top