Jamiyat | 19:02 / 06.11.2015
2541
1 daqiqa o‘qiladi

Hindiston politsiya labrador itini mukofotlashni rejalashtiryapti

Hindiston hukumati portlovchi qurilmani o‘ta tezlikda topib, maxsus xizmat xodimlarida ulkan taassurot qoldirgan yetti yoshli politsiya xizmatidagi itni taqdirlashni rejalashtiryapti. OAVning ma'lum qilishicha, gap labrador zotli, Reks laqabli it xususida bormoqda. U Hindiston-Tibet chegara politsiyasida xizmat qiladi.

Reks yaqinda o‘tgan Hindiston-Afrika sammiti xavfsizligini ta'minlashda qatnashgan 20 it safida bo‘ldi. Yuqori lavozimli politsiya amaldorining ma'lum qilishicha, mashg‘ulotlar paytida Narendra Modi o‘tiradigan o‘rindiq ostida 5 kg miqdorida geksogen moddasi yashirib qo‘yilgan edi. Reks uni ikki daqiqadayoq topdi.

Amaldorning so‘zlariga ko‘ra, kinologlar bo‘limi yuqori darajada o‘tadigan tadbirlarning xavfsizligini ta'minlashda tez-tez qatnashib turadi.
Reksga aynan qanday mukofot berilishi haqida oydinlik kiritilmagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish