Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 23:44 / 06.11.2015
3648
1 daqiqa o‘qiladi
Hindistonda Greenpeace tashkilotining faoliyati to‘xtatiladi
Hindiston hukumati firibgarlikda gumon qilingan Greenpeace xalqaro ekologik tashkilotining mamlakat hududidagi faoliyatini to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qildi, deb xabar bermoqda Reuters.
“Ushbu holat mavjud hukmron doiralarining chuqur murosasizligi ifodasidir”, — deb vaziyatga izoh berdi tashkilotning Hindistondagi filiali rahbariyati.
Greenpeace ning Hindiston filiali direktori Vinuta Gopalning so‘zlariga ko‘ra, tashkilot hukumatning ushbu qarori bo‘yicha tushuntirish talab etishni rejalashtirgan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish