Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Indoneziyada Boeing 737 samolyoti xavfli qo‘nishni amalga oshirdi
Indoneziya poytaxti Jakarta shahri aeroportiga Batik Air aviakompaniyasiga tegishli, 6380 reysini amalga oshirayotgan Boeing 737 rusumli yo‘lovchi samolyoti xavfli qo‘nishni amalga oshirdi. Samolyot aeroportning uchish-qo‘nish yo‘lagidan tashqariga qo‘na olgan. Bu haqda JakartaGlobe nashri xabar tarqatgan.

Xabarda aytilishicha, samolyotda 160 nafar yo‘lovchi va ekipajning 7 nafar a'zosi bo‘lgan.
Bu samolyot Yava orolidagi Jokyakarta shahridan parvoz qilgandi.

Hodisa natijasida jarohat olganlar yo‘q. Barcha yo‘lovchilar darhol aeroport terminaliga o‘tkazilgan.
Qayd etilishicha, qo‘nish vaqtida samolyotning burun qismi shikastlangan.