09:42 / 06.11.2015
8351

Internetda “Oyqiz ertagi” treyleri paydo bo‘ldi

Internetda "Oyqiz ertagi" — "O‘zbekfilm" tarixidagi eng katta byudjyetli film treyleri paydo bo‘ldi. Filmni suratga olish ishlari 2014 yilda boshlangan.
Film “O‘zbekkino” Milliy agentligi hamda “O‘zbekfilm” kinostudiyasi tomonidan taqdim etilmoqda. Rejissyor – Akbar Bekturdiyev.

Treylerdan ko‘rish mumkinki, film tarixiy janrda suratga olingan. Unda bosh rollarni Yulduz Rajabova, Yigitali Mamajonov, Ma'ruf Otajonov, Xayrulla Sa'diyev kabi aktyorlar ijro etgan.

Vatanparvarlik, erk va ozodlik, mardlik va jasorat, sevgiga sadoqat qiziqarli syujyet, murakkab sahnalar orqali ifoda etiladi.

Top