Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kreml Charlie Hebdo’da A321 mavzusida chop etilgan karikaturalarni haqorat deb baholadi
Kreml rasmiylari Fransiyaning Charlie Hebdo satirik jurnali tomonidan chop etilgan, Rossiyaning A321 avialayneri halokatiga bag‘ishlangan karikaturalarni haqorat sifatida baholadi. Bu haqda Kremlning rasmiy vakili Dmitriy Peskov bayonot berdi.
“Bizda bunday narsa bitta so‘z bilan ataladi – haqorat. Bu demokratiya va o‘z erkini ifodalashga aloqador emas, bu haqorat”, - uning so‘zlarini keltiradi TASS agentligi.
Peskovning ta'kidlashicha, u jurnalning halok bo‘lgan xodimlariga ishlangan karikaturalarni qidirib ko‘rgan.
“Rostini aytsam, vaqtim kamroq edi, - dedi u, - lekin men hamkasblarim bilan qidirib ko‘rdim, jurnalning terrorchilar tomonidan otib ketilgan xodimlariga ishlangan karikaturalarni qidirdik, lekin topa olmadik. Agar ular chop etilganida bu ham haqorat bo‘lar edi, harqalay, bizning mamlakatda shunday hisoblanadi”.
Shu bilan birga, matbuot kotibi Moskva rasmiy Parijga bu borada murojaat qilishini ta'kidladi.